17 iyu 07:18
Yangiliklar

“Dinamo” – 6 karra Ukraina Superkubogi sohibi!
Odessada o'tgan uchrashuvda kievliklar Doneckning “SHaxtyor” klubiga qarshi maydonga tushishdi. O'yinning asosiy va qo'shimcha bo'limlarida kuchlar teng keldi - 1:1. Avvaliga 58-daqiqada Fred “SHaxtyor”ni hisobda oldinga olib chiqdi. 80-daqiqada Domaga Vida muvozanatni tikladi.
Penaltilar seriyasida esa omad “Dinamo” futbolchilariga kulib boqdi - 4:3. “SHaxtyor” tarkibida Bernard va Evgeniy Seleznev, “Dinamo”dan Denis Garmash penaltini aniq amalga oshira bilishmadi. Hal qiluvchi zarbani Junior Moraes berdi.
SHu tariqa, “Dinamo” klubi o'z tarixida oltinchi bor Ukraina Superkubogini qo'lga kiritdi. Kievliklar so'nggi bor ushbu sovringa 2011 yilda ega chiqishgan edi. “SHaxtyor” bu sovrinni 7 bor qo'lga kiritgan.
SHAXTYOR – DINAMO 1:1 (0:0, 1:1, 0:0, 0:0), po penalti - 3:4
16 iyul, 23.00. “CHernomorec” stadioni
Gollar: 1:0 – 58 Fred, 1:1 – 80 Vida.
“SHaxtyor” – Pyatov, Srna, Ismaili, Ordec, Krivcov, Bernard, Stepanenko, Marlos (Vellington Nem, 84), Fred, Tayson (Kovalenko, 76), Eduardo (Seleznev, 70).
“Dinamo” – SHovkovskiy, Vida, Dragovich (Xacheridi, 46), Antunesh, Morozyuk, Korzun, Sidorchuk, Buyalskiy (Fedorchuk, 68), Gromov (Garmash, 90), Gonsales, Moraes.
Penaltilar seriyasi: 1:0, 1:1, 2:1, 2:2, 3:2, 3:3, 3:4.
Ogohlantirishlar: Krivcov (50), Srna (54), Stepanenko (59), Sidorchuk (68), Xacheridi (73), Moraes (89).
Fikrlar