18 okt 10:59
Yangiliklar
Xokkey
“Dinamo” bosh murabbiyi: “Humo” darvozaboni o'yin qahramoni bo'ldi
Sankt-Peterburgning “Dinamo” xokkey klubi bosh murabbiyi Eduard Zankovec “Humo” (2:1 B) klubiga qarshi kechgan uchrashuvdan so'ng o'tkazilgan matbuot anjumanida savollarga javob berdi.
– O'yin ikkala jamoa uchun ham qiyin kechdi. Raqib jamoa asosan himoyada o'ynadi. Bu tushunarli holat. “Humo” darvozabonini alohida ko'rsatgan bo'lardim. Aynan u uchrashuv qahramoni bo'ldi. Bizning yigitlar esa odatdagidan sekin harakat qilishdi. SHunga qaramay, yomon o'ynashmadi. Qaerdadir omad etishmadi.
– “Dinamo” ketma-ket 14 ta uy uchashuvida g'alaba qozondi...
– SHubhasiz, bu ijobiy holat. Lekin shaxsan men bu seriyani biroz kutilmagan holatga yo'ygan bo'lardim. Ochig'ini aytganda, mavsum boshlanishi oldidan bunday bo'lishini hech kim kutmagandi. Ammo, biz juda ham mamnunmiz. Muvaffaqiyatimizning asosiy kaliti – bizning to'rttala beshligimiz ham bir xilda o'yin ko'rsatmoqda.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar