10 avg 14:12
Yangiliklar
Futbol
"Dinamo"ga yangi futbolchilar kelishda davom etmoqda
Superligaga qaytishni maqsad qilgan Samarqandning "Dinamo" jamoasi yozgi transferlar oynasi vaqtida tarkibni kuchaytirish ishlarini boshlab yubordi.
Bizga etib kelgan malumotlarga ko'ra Sergey Lushan o'z jamoasiga bir qator tajribali va yosh futbolchilarni taklif qilmoqda. Darvoza chizig'ida raqobatni oshirish maqsadida "Oq-tepa"dan Erkin Jabborov jalb etildi.
SHuningdek, Obid Jo'raboev ham mashg'ulotlarga qo'shilgan. "Xo'jand" bilan xayrlashgan Andrey Sidorov ham ayni paytda "Dinamo" bilan birga. Kuni kecha jamoa azolari "Nasaf"ga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi. Unda tomonlar murosa ko'chasini tanlashdi, 0:0. Tarkibga yana bir qator futbolchilar kelib qo'shilishi kutilmoqda.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar