05 mar 07:58
Yangiliklar

Diplomatlarning shaxmat bahsida AQSH elchilari g'olib
Bu yil o'n to'rtinchi bor o'tkazilgan mazkur shaxmat turnirida 84 ishtirokchi g'oliblik uchun bahslashdi.
Turnirda AQSHning O'zbekistondagi elchixonasi jamoasi birinchi o'rinni egalladi. “Lukoil Uzbekistan Operating Company” masuliyati cheklangan jamiyati ikkinchi o'rin, Franciyaning mamlakatimizdagi elchixonasi uchinchi o'ringa sazovor bo'ldi.
Diplomatlarning shaxmat turniri doirasida bolalar o'rtasidagi shaxmat bahslarida esa Birlashgan Millatlar Tashkiloti vakili g'olib deb topildi. Birlashgan Millatlar Tashkilotining yana bir vakili ikkinchi, Tashqi ishlar vazirligi diplomatik vakolatxonalarga xizmat ko'rsatish byurosi vakili uchinchi o'rinni qo'lga kiritdi.
G'olib va sovrindorlarga medal, diplom va esdalik sovg'alari topshirildi.
Fikrlar