10 okt 09:38
Yangiliklar
Futbol
Diskvalifikaciya muddati qisqargan Pogbaning "Yuventus"dagi kelajagi aniq bo'ldi
Franciyalik futbolchi Turin klubini tark etadi.
"Yuventus" bosh direktori Mauricio Skanavino klub Pol Pogba bilan shartnomani bekor qilish bo'yicha muzokaralar o'tkazayotganini malum qildi.
"Pol Pogba bilan muzokara o'tkazayotganimizni tasdiqlashim mumkin. Qaror ham malum, shunchaki shartlarni aniq qilib olsak bo'ldi. Pol Pogba "Yuventus"ni tark etadi va erkin agentga aylanadi", -deydi Mauricio Skanavino.
Malumot uchun, yaqindagina Xalqaro Sport arbitraj sudi (CAS) 4 yilga futboldan chetlatilgan Pol Pogbaning appelyaciyasini qisman qanoatlantirib, chetlatish muddatini 18 oy qilib belgilagandi.
Havola :
Fikrlar