So’nggi yangiliklar

20:58Ўзбекистон чемпионати: аёллар курашида ғолиблар аниқланди 0 20:27Муҳиддин Мадаминов Tata Steel Chess 2027 турнирида иштирок этади, Бибсара ҳам! 0 19:56UFC’нинг мағлубиятсиз жангчиси гиёҳванд моддаларни меъёридан ортиқ истеъмол қилгани ортидан шифохонага ётқизилди 0 19:25Кэррик МЮдан хафа ва раҳбариятдан ранжиган — The Telegraph 0 18:54Уайт Усманнинг Двалишвилига қилган ҳужумидан сўнг UFC’га ўтиш имкониятлари ҳақидаги саволга жавоб берди 0 18:2346 ёшли Оверим UFC собиқ жангчисига қарши бокс қоидалари бўйича рингга чиқади + ПОСТЕР 0 17:52Нурмагомедовнинг менежери ММА жамоатчилигидан узр сўради 0 17:36Усман Нурмагомедов 6 ойга қамалди 0 17:21Кейн миллий терма жамоалар тарихидаги энг яхши тўпурарлар рейтингида Левандовскига етиб олди 0 16:50Дзюдочиларимиз "ШҲТ Очиқ кубоги"да иштирок этиш учун Москва шаҳрига жўнаб кетишди 0 16:19Эдди Хирн Фьюри – Жошуа оқшомининг иштирокчилари рўйхатидан норози 0 15:48Жо Роган: "Спорт комиссиялари тиззага тепишга тақиқ қўйишга қарор қилди" 0 15:17Али Лажами: “Ўзбекистонга қарши ғалаба қозониб, ФИФА рейтингидаги ўрнимизни яхшиламоқчимиз” 0 15:05Жаҳонгир Зокиров ва Раҳматулло Бойматов "Zuffa Boxing" турнири олдидан тарозига чиқди (ФОТО) 0 14:46Льюис Хэмилтон Ғазо сектори чегарасига борди (ФОТО) 0

30 dek 17:23
Yangiliklar

Dzyudo

Diyora Keldiyorova O'zbekistonda yilning eng yaxshi sportchisi bo'lishning ahamiyati haqida gapirdi

Parij Olimpiadasi chempioni Diyora Keldiyorova tarixiy natijasi bilan haqli ravishda “Milliy sport mukofoti-2024” taqdirlash marosimida yilning eng yaxshi ayol sportchisi deb topildi.

Diyora u joriy mukofotga ega chiqish asosiy maqsadlaridan bo'lganini, bir necha yildan beri ushbu nomga ega chiqish uchun harakat qilayotganini takidladi.

– Bu mukofot Sizga qanday motivaciya beradi?

– 3 yildan beri bu nomni qo'lga kiritish uchun harakat qilayotgan edim. Bunday mukofotga sazovor bo'lish 2024-yilgi nasib qilgan ekan, bundan juda ham xursandman. CHunki o'z yurtimizda yilning eng yaxshi sportchisi bo'lish biz atletlar uchun xuddi Olimpiadada g'alaba qozongan bilan barobar. Sportchi yaxshi karera qilgan bo'lsada, lekin o'z Vatanida eng yaxshi bo'lish nasib qilmasligi ham mumkin. Endi bunga munosib bo'lib, yanada yaxshi natijalar ko'rsatishga harakat qilaman.


– Tadbirda qatnasha olmagan bo'lsangiz ham nimalarni his qildingiz?

– Bazi sabablarga ko'ra taqdirlash marosimida ishtirok eta olmadim. Lekin tadbir shukuhini his qilib turdim. Yurtimizda juda ko'p iqtidorli sportchilar bor. Ular orasida men g'alaba qozonganim faxrlanarli voqelik bo'ldi. Bu yil oldimga qo'ygan maqsadlarimdan biri nafaqat Olimpiada chempionligi, balki ushbu nomga ega chiqish ham edi.


– Sizga IJF tomonidan o'tkazilayotgan tanlovda ham eng yaxshi bo'lishingizni tilab qolamiz.

– Rahmat, buning uchun qo'llab turgan barcha yurtdoshlarimizga cheksiz minnatdorchiligimni bildirib qolaman.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing