So’nggi yangiliklar

09:52"Қўшни"сини ютган Тимофеева Merida WTA 500 турнири асосий тўрига чиқди 0 09:31Жалолиддин Машарипов Элдор Шомуродовни дуо қилди + ФОТО 0 09:10Мьянмалик UFC чемпионининг илк ҳимоя жанги тасдиқланди + ПОСТЕР 0 08:49Чимаев ўзига "вызов" ташлаган Шон Стриклендни ғунажин деб атади 0 08:28Собиқ UFC жангчиси Тошкентга келиши мумкин 0 08:07"Манчестер Юнайтед" "Ньюкасл"нинг икки футболчисига қизиқмоқда 0 07:46Роузи Карано билан жанг нима учун UFC’да ўтказилмаслигини тушунтирди 0 07:25Конор Макгрегор UFC’даги навбатдаги рақиби ҳақида пост қолдирди 0 07:04OTP Group Tashkent Grand Slam 2026 стартига беш кун қолди 0 22:57Олимпиада. Хоккей баҳсларида АҚШ чемпион! 0 17:49"Реал" ЕЧЛда "Бенфика"дан мағлубиятга учраса, Арбелоани истеъфога чиқариши мумкин 0 17:28UFC Fight Night 274 турнирининг асосий жанги ҳам эълон қилинди + ПОСТЕР 0 17:07Халил Раунтри айни пайтдаги энг яхши UFC чемпионини айтди 0 16:46Двалишвили Пётр Ян билан учинчи жангга ишора қилди 0 16:25Криштиану Роналду: "Саудияда бахтлиман, шу ерда қолишни истайман" 0

20 mar 11:28
Yangiliklar

Dzyudo

Diyora Keldiyorova Samarqand viloyati hokimiga imzosi tushirilgan kimono sovg'a qildi + FOTO

O'zbekiston dzyudo federaciyasi raisi Azizjon Kamilovning Samarqand viloyatiga uyushtirgan bir kunlik xizmat safari uchrashuvlarga boy bo'ldi.

Kun yakunida federaciya rahbari Parij-2024 Olimpiadasi chempioni Diyora Keldiyorova bilan birga Samarqand viloyat hokimi qabulida bo'ldi. Ularni viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboev qarshi oldi. 

Uchrashuvda Samarqand viloyati dzyudosini yangi bosqichga olib chiqish, Diyora Keldiyorova izdoshlarining safini kengaytirish, sport obektlarining moddiy-texnik bazasini yanada yaxshilash kabi qator masalalar muhokama qilindi.

Suhbat so'nggida o'zbek dzyudosi malikasi Adiz Muzaffarovichga o'z dastxati tushirilgan kimonosini sovg'a qildi. O'z o'rnida Azizjon Kamilov ham Samarqand viloyati dzyudosi rivoji uchun katta hissa qo'shib kelayotgan Adiz Boboevga esdalik sovg'asi taqdim etdi.

SHu tariqa, O'zbekiston dzyudo federaciyasi raisi Azizjon Kamilovning Samarqand viloyatiga uyushtirgan xizmat safari yakuniga etdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing