08 jan 14:56
Yangiliklar
Dzyudo
Diyora, Muzaffarbek, Alisher va boshqa dzyudochilarimiz 2025 yil hisobidan ilk xalqaro o'quv-mashg'ulot yig'iniga kirishdi
O'zbekiston terma jamoasi 2025 yilgi xalqaro musobaqalarga puxta tayyorgarlik ko'rish maqsadida Avstriyaning Mitterzil shahriga yo'l olgandi.
Ushbu xalqaro o'quv-mashg'ulot yig'ini 17 yanvarga qadar davom etadi. Unda dunyoning 60 dan ziyod davlatidan kelgan dzyudochilar mashg'ulot o'tkazishyapti. O'tgan yili ham terma jamoamiz aynan Mitterzil shahrida yig'in o'tkazgan edi.
Mitterzilga yo'l olgan tarkibimiz:
-60 kg: Bahrom Boturov, Murodil Murodillaev
-66 kg: Abdurahim Nutfullaev, Zamohshari Bekmurodov
-73 kg: SHahram Ahadov, Obidxon Nomonov
-90 kg: SHahzodxo'ja SHaripov, Azizbek Avazmurodov
-100 kg: Muzaffarbek To'raboev
+100 kg: Alisher Yusupov
Qizlar
-48 kg: Halimajon Qurbonova
-52 kg: Diyora Keldiyorova
-57 kg: Nilufar Ermaganbetova, SHukurjon Aminova
-70 kg: SHirinjon Yo'ldosheva
+78 kg: Irisxon Qurbonboeva
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar