So’nggi yangiliklar

09:05ATP рейтинги янгиланди. Биринчи ракеткамиз 40 поғонага пастлади. Рейтингда янги ўзбек! 0 08:34Даниил Ейбог жорий мавсум нима учун халқаро мусобақаларда иштирок этмаётганини очиқлади 0 08:03WTA рейтинги янгиланди. Теннис маликаларимиздан бири 25 поғона юқорилади. Қолганларичи? 0 07:32Кубарси Европада йилнинг энг яхши ёш футболчисига бериладиган Golden Boy совринини қўлга киритди 0 07:01Бугун Абдусатторов Total Chess турниридаги иштирокини бошлайди 0 22:35Асадбек Самандаров Дакар Олимпиадасининг кумуш медали соҳиби 0 22:31Дакар-2026: Паризода Талабова кумуш медалга сазовор бўлди 0 20:30Ўзбекистонлик трамполинчилар Нанкиндаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 19:59Формула-1. Ландо Норрис — Бразилия Гран-приси ғолиби! 0 19:28Футзал. Ўзбекистон Тожикистонга жавобсиз учта гол урди 0 18:57Екатерина Гейниш Ўзбекистон терма жамоасини тарк этиб, яна Россия сафига қайтди 0 18:26Арман Царукян Пётр Яннинг ярим енгил вазнга ўтиш шартини айтди 0 17:55Трамп UFC раҳбарига Оқ уй матбуот котиби лавозимини таклиф қилганини ҳазил деб атади 0 17:24АПЛда илк истеъфо яқин. Жамоага янги мураббийликка номзодлар ҳам маълум — The Athletic 0 16:53Шавкат Раҳмонов жароҳати қайталангани ҳақидаги миш-мишларга муносабат билдирди 0

30 mar 15:10
Yangiliklar

Qishki sport turlari

Dmitriy CHigiryov: "Mavsum avvalidagi maqsadimizga erishdik" (+FOTO)

Figurali uchishning juftlik yo'nalishi bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi azolari Ekaterina Geynish va Dmitriy CHigiryov Jahon chempionatidan keyingi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

Sportchilarimiz musobaqada 183.01 ball bilan 10-o'rinni egalladi va 2026 yilda Italiyaning Milan va Kortina-D'Ampecco shaharlarida o'tadigan XXV qishki Olimpiya o'yinlari uchun yo'llanma qo'lga kiritdi. 

Figurali uchuvchilar turnirdan keyingi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

Ekaterina Geynish: "Erkin dasturdagi chiqishimizdan to'liq ko'nglimiz to'ldi. Tomoshabinlarning kuchli qo'llab-quvvatlovi bizga haqiqatan ham yordam berdi. Muxlislarga musiqa o'zgarib borgan lahzalar yoqqanini his qildik".


Dmitriy CHigiryov: "Biz Olimpiya o'yinlari kvotasini qo'lga kiritganimizdan juda xursandmiz, bu har bir sportchining orzusi. Bu mavsum boshida bizning maqsadimiz edi. Keyingi mavsumda oldinga intilib, juftlikdagi elementlarimizni yaxshilashga etibor qaratamiz. Biz ularning mustahkam, ishonchli va iloji boricha benuqson bo'lishini xohlaymiz. Keyingi mavsum uchun erkin dasturni o'zgarishsiz qoldiramiz, ammo qisqa dastur uchun yangi narsalarni qidiryapmiz. O'ylashimizcha, bu mavsumdagi qisqa dasturimiz birinchi xalqaro mavsum uchun yaxshi tanlov emasdi. Hozirda murabbiylarimiz musiqa izlayapti. Biz esa yangi qirralarni o'rganishni intiqlik bilan kutyapmiz", deydi Dmitriy.


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing