11 jan 09:27
Yangiliklar
Boks/MMA
Dominik Reyesning UFC'dagi jangi cho'zilmoqda. U so'nggi jangini 1,5 yil oldin o'tkazgan edi
Yarim og'ir vazn toifasida amerikalik UFC jangchisi Dominik Reyesning navbatdagi jangi sanasi o'zgardi.
U 20 yanvar kuni UFC 297 turniri doirasida Yangi Zelandiya vakili Karlos Ulbergga qarshi jang qilishi kerak edi. Biroq Ulbergning jarohat olishi natijasida jang sanasi kechiktirildi.
Endilikda sportchilar 1 aprel kuni o'tkaziladigan UFC Fight Night turniri doirasida to'qnash keladi.
Malumot o'rnida, 34 yoshli Dominik Reyes UFC'da jami 10 ta jang o'tkazgan va ularning 6 tasida g'alaba, 4 tasida mag'lubiyat qayd etgan. U oxirgi jangini 2022 yil noyabr oyida Rayan Spennga qarshi o'tkazib, muddatidan oldin mag'lub bo'lgan.
Havola :
Manba : ufc.ru
Fikrlar