24 sen 08:19
Yangiliklar
Tennis
Dominik Tim St.Petersburg Open turniri g'olibi
Dunyoning sakkizinchi raketkasi Dominik Tim Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida yakunlangan nufuzli tennis turniri g'olibiga aylandi.
Avstriyalik tennischi 1 soatu 8 daqiqa davom etgan final bahsida ATP reytingida 65-o'rinni egallab turgan slovakiyalik Martin Klijanni 6/3, 6/1 hisobida mag'lub etdi. Bu uning yopiq kortlardagi ilk sovrini bo'ldi.
Etiborlisi, Dominik ilk bor Martinni mag'lub etishning uddasidan chiqdi. Bundan avvalgi uchta uchrashuvda Klijanning qo'li baland kelgan edi. St.Petersburg Open turniridagi muvaffaqiyatli ishtirok Timga 250 reyting ochkosi hamda 209 645 dollarni taqdim etdi.
Havola :
Fikrlar