17 okt 08:55
Yangiliklar
Tennis
![](/upload/storage/20974_220.jpg)
Do'stov Germaniya “CHellenjer”ida uchinchi uchrashuvini o'tkazdi
Tajribali tennischimiz Farrux Do'stov Germaniyaning Ismaning shahrida o'tkazilayotgan "CHellenjer" turkumiga kiruvchi turnirning saralash bahslarida ishtirok etdi.
Do'stov sovrin jamg'armasi 43 000 dollarni tashkil qiluvchi ushbu musobaqaning saralash bahslari uchinchi bosqichida Xubert Xurkashga qarshi kortga chiqdi. Polshalik bu tennischi saralashning to'rtinchi raketkasi bo'lib, Farruxdan taxminan 600 pog'ona yuqorida joylashgandi.
Uch set davom etgan dramatik bahsda Xubert 7:6(5), 3:6, 6:1 hisobida g'alaba qozonib, turnirning asosiy to'riga yo'llanma oldi. Do'stov bundan avval ikki tennischini mag'lubiyatga uchrata olgan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar