09 may 12:41
Yangiliklar
Tennis

Do'stov ham “Qarshi CHellenjeri”da mag'lubiyatga uchradi
Xabar berganimizdek, Qarshi shahrida tennis bo'yicha “CHellenjer” turkumiga kiruvchi turnirning asosiy to'r bahslari davom etmoqda.
Sovrin jamg'armasi 75 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi musobaqada dunyoning ko'zga ko'ringan tennischilari ishtirok etishyapti. Ular orasida yurtimiz tennischilari ham bor.
Ulardan biri Farrux Do'stov hozirgina ilk bosqich bahsida hindistonlik Narayanasvamiga 3:6, 1:6 hisobida yutqazib qo'ydi. Biroz avval Jo'rabek Karimov chexiyalik Marek Yalovicdan mag'lub bo'lgandi.
Ertaga turnirda qolgan yagona vakilimiz mamlakatimizning ikkinchi raqamli tennischisi Sanjar Fayziev ikkinchi davra uchrashuvida kortga chiqadi. Uning raqibi qozog'istonlik Dmitriy Popko bo'ladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar