22 iyu 09:40
Yangiliklar
Tennis

Do'stov jarohat sabab Rekanatidagi ishtirokini yakunladi
Mamlakatimizning ikkinchi raketkasi Farrux Do'stov Italiyaning Rekanati shahrida davom etayotgan “CHellenjer” turkumiga kiruvchi turnirdagi ishtirokini yakunladi.
Hamyurtimiz yakkalik bahslarining ikkinchi davra uchrashuvida jarohat sabab kortni erta tark etishga majbu bo'ldi. Buning natijasida ukrainalik Ilya Marchenko ortiqcha qiyinchiliksiz chorak finalga yo'l oldi.
Uchrashuv birinchi setning ikkinchi geymidan so'ng to'xtatilgan. Bu vaqtga kelib Marchenko 2:0 hisobida oldinda borayotgandi. Do'stov ushbu turnirning ilk davrasida mezbon tennischi Antonio Massarani ikki setda ham bir xil 6:3 hisobida mag'lub etgan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar