19 iyu 10:50
Yangiliklar
Tennis

Do'stov “Presidents Cup”da o'zidan 1000 pog'ona yuqoridagi tennischiga qarshi kortga chiqdi
Qozog'istonning Astana shahrida tennis bo'yicha “CHellenjer” turkumiga kiruvchi turnir bo'lib o'tmoqda.
Sovrin jamg'armasi 125 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi musobaqada hamyurtimiz Farrux Do'stov ham ishtirok etyapti. Tajribali tennischimiz asosiy to'r bahslariga imtiyozli yo'llanma asosida qo'yilgan edi.
Afsuski, Do'stov ilk davradayoq mag'lubiyatga uchradi. U turnirning oltinchi raketkasi, serbiyalik Nikola Miloevichga 2:6, 1:6 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Taqqoslash uchun, Miloevich dunyo reytingida 177, Do'stov esa 1079-o'rinni egallab turibdi. Farrux birinchi davradagi ishtirok uchun 1300 dollarga ega bo'ladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar