13 fev 09:33
Yangiliklar
Tennis

Doxa (WTA). SHarapova ilk davradayoq mag'lubiyatga uchradi
Qatar poytaxti Doha shahrida tennis bo'yicha sovrin jamg'armasi 3 million 173 ming dollardan iborat bo'lgan nufuzli turnir davom etmoqda.
Premier 5 toifasiga kiruvchi ushbu musobaqada birinchi davra uchrashuvlari o'tkazilmoqda. Turnirda qatnashayotgan 6 rossiyalik tennischidan 2 nafarigina ikkinchi davraga yo'llanma oldi.
Mariya SHarapova biroz kutilmaganda ruminiyalik Monika Nikuleskuga 6:4, 4:6, 3:6 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi. Anastasiya Pavlyuchenkova slovakiyalik Dominika Cibulkovaga, Darya Kasatkina amerikalik Ketrin “SiSi” Bellisga yutqazdi.
Ikki rossiyalik tennischilar Anna Blinkova va Elena Vesnina bahsida Blinkova 6:1, 6:3 hisobida zafar quchdi. Ekaterina Makarova esa xitoylik CHjan SHuaydan 7:5, 6:0 hisobida ustun keldi.
Havola :
Fikrlar