17 fev 13:04
Yangiliklar
Tennis

Doxa (WTA): Voznyacki Kerberni, Kvitova Gergesni mag'lub etdi
Qatar poytaxti Doha shahrida o'tkazilayotgan tennis bo'yicha ushbu haftaga belgilangan eng nufuzli turnir o'zining qizg'in pallasiga kirdi.
Sovrin jamg'armasi 3 million 198 000 dollardan iborat Qatar Open turnirida yarim final ishtirokchilari malum bo'ldi. Dunyoning birinchi raqamli tennis malikasi daniyalik Karolin Voznyacki chorak finalda germaniyalik Anjelik Kerberdan 7:6(4), 1:6, 6:3 hisobida ustun keldi.
Ikkinchi raketka ruminiyalik Simona Xalep amerikalik Katrin Bellisni 6:0, 6:4 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Franciyalik Karolin Garsiya ispaniyalik Garbine Mugurusaga 6:3, 1:6, 4:6 hisobida yutqazdi. Germaniyalik Yuliya Gerges esa chexiyalik Petra Kvitovaga qarshi kechgan bahsni yakuniga etkaza olmadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar