16 jan 19:51
Yangiliklar
Futbol

Draksler PSJdan ketmoqchi emas
PSJ hujumkor yarim himoyachisi Yulian Draksler ushbu transferlar oynasi vaqtida jamoadan ketmoqchi emas.
"Bild" xabariga ko'ra, Drakslerning oldida APLdan variant bor. Unga "Arsenal" tomonidan jiddiy qiziqishlar bo'lmoqda. Germaniyalik futbolchi 2017 yildan buyon PSJ sharafini himoya qilayotgandi. U ushbu mavsumda 11 o'yinda 2 gol va 1 assist qayd etdi.
Ayni damda PSJ Franciya chempionatida 2-o'rinda bormoqda.
Havola :
Manba : Bild
Fikrlar