07 noy 07:01
Yangiliklar
Duatlon bahslari o'tkaziladigan yugurish yo'laklari holati o'rganildi
Mazkur chempionatni yuqori darajada o'tkazish, ishtirokchilar xavfsizligi masalalari ko'p jihatdan velo va yugurish yo'laklarini holatiga ham bog'liq.
Kecha Jismoniy tarbiya va sport vaziri o'rinbosari Avazjon Karimov va O'zbekiston Triatlon federaciyasi ishchi guruhi birgalikda musobaqalar bo'lib o'tadigan Xalqlar do'stligi maydoni, Beshyog'och, Baynalminal ko'chalarida bo'lib sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. Ishchi guruh tomonidan qilinishi lozim bo'lgan ishlar belgilab olindi.
Malumot uchun: Duatlon sport turi yugurish, velopoyga va qisqa masofaga yugurish bahslarini o'z ichiga oladi. Duatlon musobaqalari Triatlon federaciyasi tomonidan o'tkazib kelinadi.
8 noyabr kuni bo'lib o'tadigan chempionat bahslarida 100 nafarga yaqin sportchi 1-bosqichda 5 km, 3-bosqichda 2,5 km masofaga yugursa, 2-bosqichda 20 km masofaga velopoyga sinovlarida kuch sinashadi.
Fikrlar