So’nggi yangiliklar

13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0 12:14Элит ОЧЛ. Бугун икки клубимиз Саудия Арабистони жамоалари билан ўйнайди 0 11:43Нодирбек Абдусатторов: “Жавоҳир ниҳоятда истеъдодли, ҳатто мендан ҳам” 0 11:12Бивол ўзи учун энг муҳим уч рақибни айтди 0 10:41Махачев Доғистон ҳақидаги ҳазил билан Волкановскининг янги соч турмагига муносабат билдирди (ФОТО) 0 10:10Исломбек Исмоилов: "Биз фақат Роналдуга эмас, балки бутун "Ал Насср" жамоасига қарши ўйнаймиз" 0 09:39"Бу ҳали бошланиши". Музаффарбек Тўрабоев Жаҳон чемпионатида қўлга киритилган медалига муносабат билдирди 0 09:11Хамзат Чимаев ва Чарльз Оливейра Чеченистонда (ФОТО) 0 08:41Тошкентда 100 000 долларлик шахмат мусобақаси ўтказилади 0 08:12АПЛ. "Манчестер Сити" меҳмонда "Ливерпул"ни йирик ҳисобда мағлуб этди 0 07:30Бенавидес Усик билан жанг қилиш учун супероғир вазнга кўтарилишга тайёр 0 19:19Наоя Иноуэ кейинги рақибининг номини эълон қилди 0 18:48Дана Уайт Шон Стрикленднинг боксда ўзини синаб кўриш истагига муносабат билдирди 0

02 apr 08:02
Yangiliklar

Boshqalar

Duatlon bo'yicha professional va havaskorlar o'rtasida O'zbekiston ochiq kubogi musobaqasi o'tkaziladi

Teglar :  Duatlon
So'ngi yillarda mamlakatimizda jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirish yo'lida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Buning zamirida esa ko'plab sport turlari bo'yicha jahon va Osiyo chempionlari etishib chiqmoqda. Sportchilar bunday natijalarni qayd etishida albatta Hukumatimiz tomonidan jismoniy tarbiya va ommaviy sportga berilayotgan etibor alohida o'rin tutadi. 

Bu yo'lda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 oktyabrdagi «Sog'lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi Farmoni esa dasturi amal bo'lib xizmat qilmoqda.

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 9 martdagi bayoniga muvofiq, jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish uchun zarur sharoitlarni yaratish, O'zbekiston aholisini sog'lom turmush tarziga, shu jumladan o'sib kelayotgan avlodni triatlon kabi sportning faol turlariga jalb qilish maqsadida joriy yilning 18 aprel kuni poytaxtimizning SHayxontohur tumanidagi «Anhor-lokomotiv» parki va Transport vazirligi hududida va uning atrofidagi hududda, duatlon bo'yicha havaskorlar va professionallar o'rtasida O'zbekiston ochiq kubogining birinchi bosqichini o'tkazish rejalashtirilgan.

Kecha Jismoniy tarbiya va sport vazirligida ushbu musobaqani yuqori saviyada o'tkazish bo'yicha olib borilayotgan ishlar va hal qilinishi lozim bo'lgan masalalar yuzasidan ishchi guruh yig'ilishi bo'lib o'tdi. Yig'ilishni ishchi guruh raisi sifatida Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o'rinbosari Ravshan Ermatov olib bordi.

SHuningdek, yig'ilishda turli vazirlik va idoralar xodimlari hamda O'zbekiston Triatlon federaciyasi mutasaddilari ishtirok etdi.

Unda bo'lajak musobaqaga har galgidan ham yuqori va sifatli tayyorgarlik ko'rish har bir yo'nalish bo'yicha yani yo'l harakati hajvsizligi, tibbiyot va boshqa sohalar bo'yicha ham mutasaddilariga topshiriqlar berildi. Yig'ilish yakunida ishchi guruh vakillari ushbu musobaqani bir yoqadan bosh chiqargan holda, hamjihatlik bilan o'tkazishga kelishib olishdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing