08 noy 08:06
Yangiliklar
Duatlon musobaqasi sabab poytaxtning ayrim ko'chalari yopiladi + FOTO
SHu munosabat bilan soat 07:00dan 13:00gacha Toshkent shahrining ayrim yo'l qismlari harakatlanish uchun yopiq bo'ladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar beradi.
1) Qoratosh ko'chasi – Samarqand Darvoza (Samarqand Darvoza savdo-ko'ngilochar markazi) ko'chasidan «Xalqlar do'stligi» maydoni yo'nalishida;
2) Islom Karimov shoh ko'chasi – Olmazor («O'zbekiston» metro bekati) ko'chasidan «Xalqlar do'stligi» maydoni yo'nalishida;
3) Bobur ko'chasi – O'rikzor (O'zbek tili va adabiyoti universiteti, «Rakat» mahallasidan chiqish) ko'chasidan;
4) Sport tadbirlari o'tkaziladigan butun yo'nalish. O'z ichiga Islom Karimov, Furqat, Seul, Bunyodkor ko'chalarining qismlarini oladi (Seul ko'chasidan Islom Karimov shoh ko'chasigacha bo'lgan qo'shimcha yo'l).
Yuzaga kelishi mumkin bo'lgan tirbandliklarning oldini olish uchun haydovchilarga aylanma yo'llar orqali harakatlanish tavsiya etiladi.
Fikrlar