So’nggi yangiliklar

18:26ЕЧЛнинг олти карра ғолиби Тошкентга келмади 0 17:55Сакен Бибосинов оғир жароҳат сабаб шифохонага ётқизилди 0 17:24Тошкентда илк бор стол тенниси бўйича Осиё чемпионати ўтказилади 0 16:53Ян Непомняшчий Синдаров - Гукеш ўйинига тахмин билдирди 0 16:22"Пахтакор" ва "Нефтчи"нинг Саудия Арабистони клублари билан ўзаро ҳисоб-китоби 0 15:51Ўзбекистон гимнастлари Роттердамдаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 15:20Евлоев Волкановскига қарши жангда UFC`нинг ноёб рекордини ўрнатиши мумкин 0 14:49Ферстаппен Сингапур Гран-присида илк бор ғалаба қозонди 0 14:18Ўзбек клубларининг "Ал Насср" билан ўйинлардаги статистикаси қандай? 0 13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0 12:14Элит ОЧЛ. Бугун икки клубимиз Саудия Арабистони жамоалари билан ўйнайди 0 11:43Нодирбек Абдусатторов: “Жавоҳир ниҳоятда истеъдодли, ҳатто мендан ҳам” 0 11:12Бивол ўзи учун энг муҳим уч рақибни айтди 0

29 mar 09:37
Yangiliklar

Boshqalar

Duatlon. O'zbekiston chempionati g'oliblari aniqlandi

Qarshi shahrida duatlon bo'yicha O'zbekiston chempionati va birinchiligi yakunlandi.

20 yosh va undan katta bo'lgan sportchilar o'rtasida kechgan chempionat bahslarida Dmitriy Zaycev (Samarqand) birinchi, Kamronxon Umarov (Qashqadaryo ) ikkinchi, Valeriy Ponomaryov (Toshkent shahri) uchinchi o'rinni egalladi. 

Ayollar o'rtasidagi musobaqalarda Yulduz Jo'raeva (Qashqadaryo) g'oliblik shoxsupasiga ko'tarildi. Kuchli uchlikdan Irodaxon Olimova (Farg'ona) va Gulnora Ahmedova (Surxondaryo) joy olishdi. 

1999-2000 yillarda tug'ilgan yoshlar o'rtasidagi musobaqada Toshkent shahri vakili Umidbek Alimov birinchi, andijonlik Muxammadaziz Tursunboev ikkinchi, sirdaryolik Aziz G'aniev uchinchi o'ringa ega bo'ldi. 

SHu yoshdagi qizlar bahsida Latofat Sodiqova (Toshkent sh) birinchi, Sevara Suyarova (Navoiy) ikkinchi, Dilafruz Saidova (Xorazm) uchinchi o'rinni band etishdi.

CHempionatda umumjamoa hisobida Qashqadaryo viloyati vakillari birinchi, Surxondaryo viloyati duatlonchilari ikkinchi, Farg'ona viloyati vakillari uchinchi o'rinni qo'lga kiritishdi.

Duatlon bo'yicha O'zbekiston birinchiligida 17 yoshgacha bo'lgan sportchilar g'oliblik uchun imkoniyatlarini ishga solishdi. Natijalarga ko'ra o'g'il bolalar o'rtasida qashqadaryolik Jahongir Samiev birinchi, poytaxtlik Kamron Xodjaev ikkinchi, Andijon viloyati sportchisi Muhammadqodir Nuriddinov  uchinchi o'ringa ega bo'ldi. SHu yoshdagi qizlar musobaqasida Arina Mirzabekova (Toshkent sh) birinchi, Sevara Boboqulova (Qashqadaryo) ikkinchi, Diana Demyaninko (Sirdaryo) uchinchi o'rinni egalladi. 

- O'zbekiston mudofaasiga ko'maklashuvchi Vatanparvar tashkiloti, Respublika texnik va amaliy sport turlari markazi tomonidan yillik musobaqalar taqvimiga kirgan oltita turnir mart oyida tashkil etildi. Bular pnevmatik quroldan o'q otish bo'yicha O'zbekiston kubogi, yozgi biatlon bo'yicha O'zbekiston kubogi, avtokross bo'yicha O'zbekiston kubogining birinchi bosqichi, radioaloqa sporti bo'yicha mamlakat chempionati, motokross bo'yicha O'zbekiston kubogi hamda duatlon bo'yicha O'zbekiston chempionati va birinchiligi. Musobaqalar natijasiga tayanib shuni ishonch bilan aytish mumkinki, texnik va amaliy sport turlari mamlakatimiz yoshlari orasida yildan yilga rivojlanib bormoqda, - deydi Respublika texnik va amaliy sport turlari markazi bo'lim boshlig'i A.Ziyaev.  

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing