So’nggi yangiliklar

18:26ЕЧЛнинг олти карра ғолиби Тошкентга келмади 0 17:55Сакен Бибосинов оғир жароҳат сабаб шифохонага ётқизилди 0 17:24Тошкентда илк бор стол тенниси бўйича Осиё чемпионати ўтказилади 0 16:53Ян Непомняшчий Синдаров - Гукеш ўйинига тахмин билдирди 0 16:22"Пахтакор" ва "Нефтчи"нинг Саудия Арабистони клублари билан ўзаро ҳисоб-китоби 0 15:51Ўзбекистон гимнастлари Роттердамдаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 15:20Евлоев Волкановскига қарши жангда UFC`нинг ноёб рекордини ўрнатиши мумкин 0 14:49Ферстаппен Сингапур Гран-присида илк бор ғалаба қозонди 0 14:18Ўзбек клубларининг "Ал Насср" билан ўйинлардаги статистикаси қандай? 0 13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0 12:14Элит ОЧЛ. Бугун икки клубимиз Саудия Арабистони жамоалари билан ўйнайди 0 11:43Нодирбек Абдусатторов: “Жавоҳир ниҳоятда истеъдодли, ҳатто мендан ҳам” 0 11:12Бивол ўзи учун энг муҳим уч рақибни айтди 0

13 apr 18:00
Yangiliklar

Boshqalar

Duatlon ustalari bahs yuritishdi

Teglar :  Duatlon
O'zbekiston mudofaasiga ko'maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Xorazm viloyati kengashi tasarrufidagi viloyat texnik va amaliy sport turlari markazi tomonidan  duatlon bo'yicha Hududiy chempionat o'tkazildi.

Urganch birlashgan texnika maktabining o'quv-mashg'ulot bazasida uyushtirilgan mazkur musobaqada Xorazm vohasining shahar va tumanlari, shuningdek, Qoraqalpog'iston Respublikasining Nukus avtomobil maktabi, Kegeyli va To'rtko'l tumanlarining o'quv sport texnika klublarining duatlonchilari yugurish-velosiped poygasi-yugurish mashqini bajarishda o'zaro bellashishdi.


Yakuniy sarhisoblarga ko'ra, 1999-2001 yillarda tug'ilgan yoshlar o'rtasidagi birinchilikning qizlar bahsida Urganch birlashgan texnika maktabi azosi Dilafruz Sayidova, o'g'illar orasida Gurlan tumani vakili Mansurbek Otaxonov shohsupaning birinchi pog'onasini egalladi. Ushbu yosh toifasida Gurlan tumanidan Zumrad O'rozmetova, Xonqa tumanidan Dilfuza Ismoilova, Urganch birlashgan texnika maktabidan Sulaymon Odamboev, To'rtko'l tumanidan Bekmurod Tangriberganovlar sovrindor bo'lishdi.   Kichik yoshdagi, yani 2002-2004 yillarda tug'ilgan o'smirlar orasida Urganch birlashgan texnika maktabining yana bir  sportchisi Mahliyo Xudoyberganova  va Gurlan tumani duatlon ustasi Abror Norimanov birinchi o'ringa ko'tarildi. Mazkur yosh toifasida gurlanlik SHahzoda O'rozmetova, to'rtko'llik Kamola Ko'palova, Urganch birlashgan texnika maktabidan Diyorbek Ibodullaev va xonqalik Mirjalol Kenjaevlar faxrli o'rinlardan joy olishdi.


O'z navbatida O'zbekiston mudofaasiga ko'maklashuvchi  “Vatanparvar” tashkiloti Xorazm viloyati kengashi raisi o'rinbosari - viloyat texnik va amaliy sport turlari markazi direktori Odilbek Ibragimov  g'olib va sovrindorlarni erishgan yutuqlari bilan qutladi. Hayati etirofiga sazovor bo'lgan sportchilar diplom va sovg'alar bilan taqdirlanishdi.


Endilikda, eng yaxshi ko'rsatkichga erishgan xorazmlik duatlonchilardan iborat viloyat terma jamoasi joriy yilning 20-22 aprel kunlari Termiz shahrida bo'lib o'tadigan O'zbekiston chempionatida  voha sharafini himoya qilishadi.

Ikrom XUDOYBERGANOV

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing