17 noy 13:41
Yangiliklar
Futbol

Dubai Cup. Bugun O'zbekiston - BAA uchrashuvi bo'lib o'tadi
O'zbekiston olimpiya terma jamoasi ayni kunlarda Birlashgan Arab Amirliklarida davom etayotgan Dubai Cup musobaqasida ishtirok etmoqda.
Xabaringiz bor, olimpiyachilarimiz 14 noyabr kuni Yaponiyaga qarshi maydonga tushib, 2:2 hisobida durang qayd etishgan edi.
Bugun Ravshan Haydarov shogirdlari turnirning ikkinchi turida BAAga qarshi o'yin o'tkazishadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 16:45da boshlanadi. Ikkinchi uchrashuv Yaponiya va Quvayt terma jamoalari o'rtasida bo'lib o'tadi.
«Dubai Cup» xalqaro musobaqasi
17 noyabr, soat 16:45
BAA - O'zbekiston
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar