21 noy 09:03
Yangiliklar
Futbol

"Dubai Cup". O'zbekiston chempion, darvozabonimiz eng yaxshi bo'ldi!
O'zbekiston olimpiya terma jamoasi "Dubai cup" musobaqasining so'nggi turida Kuvaytga qarshi maydonga tushdi va 1:0 hisobida g'alaba qozondi.
Mazkur g'alaba vakillarimizga guruhda birinchi o'rninni qo'lga kiritish imkonini berdi. Sababi Yaponiya terma jamoasi 3 turda BAAga qarshi o'yinda 1:1 hisobida durang qayd etdi. Uchta o'yinda ikki durang va bir g'alabaga erishgan yaponiyaliklarning ochkolari soni 5taga etdi.
O'zbekiston OTJ ushbu musobaqada BAAni 2:0 hisobida mag'lub etdi, Yaponiya bilan 2:2 hisobida durang qayd etdi. So'nggi turda Kuvaytni 1:0 hisobida taslim etib, 7 ochko to'pladi va "Dubai cup" musobaqasining g'olibiga aylandi.
O'zbekiston olimpiya terma jamoasi darvozaboni Umidjon Ergashev musobaqaning "Eng yaxshi darvozaboni" sifatida etirof etildi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar