13 sen 15:09
Yangiliklar
Futbol

Dunyodagi eng chiroyli ayol futbolchi "Tottenxem" bilan shartnoma imzoladi + FOTO
AQSH ayollar terma jamoasi futbolchisi Aleks Morgan "Tottenxem"ning ayollar jamoasiga o'tdi.
Bu haqda Angliya klubi rasmiy sayti xabar bermoqda.
"Biz ikki karra ayollar o'rtasidagi JCH g'olibi Aleks Morgan bilan shartnoma imzolaganimizni xabar qilishdan mamnunmiz. AQSH terma jamoasi hujumchisi bizning tarkibimizga 2020/21 yilgi mavsumda qo'shiladi va 13-raqam ostida to'p tepadi", - deyiladi xabarda.
31 yoshli Morgan bunga qadar "Vest-Kost", "Kaliforniya Storm", "Pali Blyuz" "Vestern Nyu-York Flesh", "Sietl Saunders Uimen", "Portland Torns", "Orlando Prayd" (barchasi AQSH klublari) va "Lion" klublari sharafini himoya qilgan.
Havola :
Fikrlar