24 iyu 09:13
Yangiliklar
Tennis
Dunyoning 113-raketkasi Londondagi ishtirokidan deyarli 500 000 € ishlab oldi
Buyuk Britaniyaning London shahrida tennis bo'yicha nufuzli ATP turniri yakunlandi.
ATP reytingida 113-o'rinni egallab turgan ispaniyalik tennischi Felisiano Lopes biroz kutilmaganda turnir chempioniga aylandi. U 2 soatu 49 daqiqa davom etgan final uchrashuvida dunyoning 38-raketkasi franciyalik Jil Simonni mag'lub etdi - 6/2, 6/7(4), 7/6(2).
Fever-Tree Championships turniridagi muvaffaqiyatli ishtirok 37 yoshli Lopesga 429 955 evro mukofot puli hamda 500 reyting ochkosini taqdim etdi. Ispaniyalik tennischi faoliyatidagi ettinchi ATP titulini qo'lga kiritdi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar