09 fev 13:22
Yangiliklar
Futbol

Dunyoning eng baland bo'yli futbolchisi Angliyada o'ynaydi
Angliya 6-divizionida ishtirok etuvchi “Dalvich Xemlet” klubi daniyalik darvozabon Simon Yorgensen bilan shartnoma imzoladi.
Etiborga molik jihati shundaki, daniyalik bu posbon dunyoning eng baland bo'yli futbolchisi hisoblanadi. Uning bo'yi 2 metru 11 santimetrni tashkil qiladi.
Malumot uchun, Yorgensen Daniyaning mashhur “Kopengagen” klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Lekin faoliyatini asosan mamlakatning quyi ligalari klublarida o'tkazgan.
Yana bir qiziq statistik malumot shundaki, dunyoning eng og'ir vaznli futbolchisi ham aynan Angliyada to'p tepadi. Angliya uchinchi divizioni vakili “Uikomb” klubi futbolchisi Adebayo Akinfenvaning vazni - 108 kg!
Havola :
Fikrlar