11 may 10:55
Yangiliklar

Dunyoning eng yosh ikkinchi grossmeysteri yana peshqadam
Aylana tarzda o'tkazilayotgan erkaklar o'rtasidagi musobaqada 5 nafar xalqaro grossmeyster - Nodirbek Abdusattorov (2550, chempionatning birinchi raqamli ishtirokchisi), Saydali Yo'ldoshev (2469), Marat Jumaev (2451), Aleksey Barsov (2411) va Toxir Vohidov (2400) dona suryapti.
Sakkizinchi turda dunyo tarixidagi eng yosh ikkinchi xalqaro grossmeyster maqomiga erishgan Nodirbek Abdusattorov oq donalarda Saidakbar Saydalievni mag'lubiyatga uchratdi. Yosh iqtidor egasi Javohir Sindarov qora donalarda o'ynashiga qaramay, xalqaro grossmeyster Marat Jumaev bilan murosaga keldi.
Nodirbek Yoqubboev Akmal Fayzullaevdan ustun keldi. Xalqaro grossmeyster Saydali Yo'ldoshev Abdumalik Abdusalimovni mag'lub etdi. Qolgan partiyalarda durang natija qayd etildi. Turnir jadvalida 5,5tadan ochko jamg'argan Nodirbek Abdusattorov va Nodirbek Yoqubboev qo'shhokimlik qilishyapti. Qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra Abdusattorov birinchi o'rinni egallab turibdi.
Fikrlar