12 may 11:16
Yangiliklar

Dunyoning eng yosh ikkinchi grossmeysterida mag'lubiyat, Yoqubboev yakka peshqadam!
Aylana tarzda o'tkazilayotgan erkaklar o'rtasidagi musobaqada 5 nafar xalqaro grossmeyster - Nodirbek Abdusattorov (2550, chempionatning birinchi raqamli ishtirokchisi), Saydali Yo'ldoshev (2469), Marat Jumaev (2451), Aleksey Barsov (2411) va Toxir Vohidov (2400) dona suryapti.
To'qqizinchi turda dunyo tarixidagi eng yosh ikkinchi xalqaro grossmeyster maqomiga erishgan Nodirbek Abdusattorov qora donalarda harakat qilib, tajribali xalqaro grossmeyster Saydali Yo'ldoshevga imkoniyatni boy berdi. Bu mag'lubiyat sabab Nodirbek birinchi o'rindan beshinchi pog'onaga tushib ketdi.
Bundan Nodirbek Yoqubboev foydalanib qoldi. Yosh shaxmatchimiz qora donalarda o'ynashiga qaramay, Ulug'bek Tillaevni engdi va 6,5 ochko bilan yakka peshqadam aylanib oldi. Istedodli yosh shaxmatchimiz Javohir Sindarov SHamsiddin Vohidovdan ustun keldi va turnir jadvalida 6 ochko bilan ikkinchi o'ringa ko'tarilib oldi.
Fikrlar