01 sen 14:53
Yangiliklar
Tennis

Dunyoning uchinchi raqamli tennis malikasi US Open turnirini tark etdi
Sayyoramizning uchinchi raketkasi Garbin Mugurusa yilning to'rtta nufuzli turniridan biri AQSH Ochiq chempionatidagi ishtirokini yakunladi.
Ispaniyalik tennischi kutilmaganda ikkinchi davra uchrashuvida Anastasiya Sevastovaga imkoniyatni boy berib qo'ydi. Latviyalik bu tennischi dunyo reytingida 48-o'rinni egallab turibdi. Bir soatu 41 daqiqa davom etgan uchrashuvda Nastya kuchli raqibasidan 7:5, 6:4 hisobida ustun keldi.
Endi Sevastova USOpen turnirining uchinchi davrasida ukrainalik Katerina Bondarenkoga qarshi kortga chiqadi. Bondarenko ikkinchi bosqichda xitoylik CHjen Saysayni 5:7, 7:6(5), 7:5 hisobida mag'lub etdi.
Havola :
Fikrlar