02 may 11:52
Yangiliklar
Dushanbe Grand Slam 2026. Bugun 8 dzyudochimiz medallar uchun kurashga kirishadi
Bugun o'rta vazn toifalarida Dushanbe Grand Slam 2026 turniri medallari uchun kurash kechadi. Erkaklar o'rtasida -73, -81, ayollarda esa -63, -70 kg vazn toifalarida g'olib va sovrindorlar aniqlanadi.
Saralash bahslari soat 12:00, final bloki esa 17:00da boshlanadi. Birinchi kungi bellashuvlardan so'ng 1 ta kumush medal bilan umumjamoa hisobida 5-o'rinni egallab turibmiz.
Bugun tatamiga chiqadigan dzyudochilarimiz uchun qura natijalari:
-63 kg: Farangiz Rejepova — Kim Eji (Koreya Respublikasi)
-63 kg: Sevinch Isoqova — Luna-Lumiya Seykkula (Finlyandiya)
-70 kg: Gulina Oblokulova — Sara Meglau (Germaniya)
-70 kg: Farangiz Hojieva — Iren Pedrotti (Italiya)
Erkaklar
-73 kg: Inoyat Telmanov —Samuel Gassner (Avstriya)
-73 kg: Hojiakbar Toshev —Yiriskeldi Jumabekov (Qirg'iz Respublikasi)
-81 kg: To'lqin Ochilov — Abubakr Boqiev (Tojikiston)
-81 kg: Bobur Yangiboev —Akroman Parchiev (Rossiya)

Fikrlar