03 may 11:53
Yangiliklar
Dushanbe Grand Slam 2026. Bugun 9 nafar dzyudochimizga muxlislik qilamiz
Bugun og'ir vazn toifalarida Dushanbe Grand Slam 2026 turniri medallari uchun kurash kechadi. Erkaklar o'rtasida -90, -100, +100 kg, ayollarda esa -78, +78 kg vazn toifalarida g'olib va sovrindorlar aniqlanadi.
Saralash bahslari soat 12:00, final bloki esa 17:00da boshlanadi. Ikki kunlik bellashuvlar yakuniga ko'ra medallar jamg'arish reytingida bitta kumush medal bilan 7-o'rinni egallab turibmiz. Tojikiston terma jamoasi 3 ta oltin va 1 ta bronza medali bilan peshqadamlik qilmoqda. Tarkibida ikki chempioni bo'lgan Mo'g'uliston (2 ta oltin, 2 ta kumush, 1 ta bronza) va Rossiya (2 ta oltin, 1 ta kumush, 4 ta bronza) terma jamoalari kuchli uchlikni yakunlab turibdi.
Bugun tatamiga chiqadigan dzyudochilarimiz uchun qura natijalari:
-78 kg: Muxlisaxon Qadirberganova — Maydelines Gorget-Veranes
+78 kg: Irisxon Qurbanbaeva — Karmen Diykstra (Niderlandiya)
+78 kg: Mohlaroyim To'xtamisheva — Adiyasuren Dambadarjaa (Mo'g'uliston)
Erkaklar
-90 kg: Umar Bozorov — Amir Abbas CHupan (Eron)/Daniil Krilov (Qozog'iston)
-90 kg: Aziz Avazmurodov — Kim Jae Min (Koreya Respublikasi)
-100 kg: Mirjalol Normo'minov — Abdulahad Majidov (Tojikiston)
-100 kg: Muhammadali Tangriev — Rares Arseni (Ruminiya)
+100 kg: O'tkirbek To'raboev — Humar Munosibov (Tojikiston)
+100 kg: Muhammadqodir Mansurov — Gjegoj Terensinski (Polsha)

Fikrlar