23 jan 16:20
Yangiliklar
Boks/MMA
Dvalishvili: "Butun dunyo menga qarshi edi"
UFC chempioni Merab Dvalishvili Umar Nurmagomedov (18-1) ustidan qozonilgan g'alabasiga izoh berdi.
"Bilasizmi, men doim shug'ullanaman. Men mashinaman. Oyog'imda katta jarohat bor, infekciya bor, lekin men UFC'ga kerakligimni bilardim. UFC menga hamma narsani berdi.
Jang oldidan oyog'imda infekciya bor edi, belim yaralangan edi. Umar kuchli jangchi. U meni qariya deb chaqirdi. Ha, men qarib qolganman, lekin har kuni ishlayman. Men og'ir mehnatga ishonaman.
Butun dunyo menga qarshi edi. Men autsayder edim, lekin baribir bunga etibor bermadim. O'zingizga ishoning, hamma narsani amalga oshirish mumkin", dedi Dvalishvili.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar