18 mar 12:07
Yangiliklar
Boks/MMA

Dvalishvilining keyingi raqibi O'Melli bo'ladimi? OAVda jang sanasi va manzili bo'yicha malumot paydo bo'ldi
Eng engil vazn toifasida UFC chempioni, gruziyalik Merab Dvalishvilining keyingi jangi tafsilotlari oydinlashdi.
Krazy Kev MMA nashri tarqatgan xabarga ko'ra, Dvalishvilining keyingi raqibi sobiq chempion — SHon O'Melli bo'ladi. Jang 8 iyun kuni Nyuark (AQSH)da tashkil etiladigan UFC 316 turniri doirasida o'tkaziladi.
Bu sportchilar o'rtasidagi o'zaro ikkinchi jang bo'ladi. 2024 yil sentyabr oyida bo'lib o'tgan ilk jangda Merab ochkolar hisobiga ko'ra g'olib bo'lgandi.
Gruziyalik 34 yoshli chempion kamarni qo'lga kiritganidan keyingi ikkinchi himoya jangini o'tkazishi kerak.
Havola :
Manba : Krazy Kev MMA
Fikrlar