07 okt 09:40
Yangiliklar
Dyuzdo. Toshkent Gran-Prisining ilk kuni 7ta medal qo'lga kiritdik
Ketma-ket to'rtinchi marotaba Toshkentda tashkil etilayotgan ushbu nufuzli musobaqada 15ta mamlakat polvonlari 7ta vazn toifasida medallar uchun baxslarga kirishishgan.
Gran-Prining ilk kuni terma jamoamizga 7ta medalni taqdim etdi. -60 kg vazn toifasida tatamiga chiqqan Muhriddin Tilovov barcha raqiblarini mag'lubiyatga uchratib, oltin medalni qo'lga kiritdi.
-52 vazndagi vakilamiz Diyora Keldiyorova finalgacha etib borib, kumush medal bilan taqdirlandi. -60 kg vaznda SHarofiddin Lutfullaev, -48 kg vaznda Nodira Gulova, Muqaddas Kubeeva, -52 vazn toifasidagi Guloyim Jumaboeva, -57 kg vaznda Sanobar Sultonova bronza medaliga sazovor bo'ldi.
Ilk kungi baxslardan so'ng terma jamoamiz 7ta medal bilan umumjamoa hisobida ikkinchi o'rinni egallab turibdi. Ikkita oltin va bitta kumush medalni qo'lga kiritgan Rossiya terma jamoasi birinchi pog'onadan joy olgan.
Fikrlar