24 noy 09:21
Yangiliklar
Tennis

Dzvis Kubogi. Final uchrashuviga qura tashlandi
Tennis bo'yicha norasmiy jahon chempionati hisoblangan Devis Kubogining hal qiluvchi final uchrashuviga qura tashlash marosimi bo'lib o'tdi.
Bugun Franciyaning Lill shahrida start oladigan finalda mezbonlar hamda Belgiya terma jamoasi o'zaro to'qnash keladi. Ilk uchrashuv dunyoning 18-raketkasi franciyalik Lyuka Puy hamda Yakuniy turnir finalchisi belgiyalik David Goffen o'rtasida bo'lib o'tadi.
Ulardan keyin kortga Jo-Vilfrid Tsonga va Stiv Darsis
taklif etiladi. Ertaga juftlik bahsi o'tkaziladi. Unda Rishar Gaske / Per-Yug
Erber hamkorligi Ruben Bemelmans / Yoris de Loore tandemiga qarshi kortga
chiqadi.
Yakshanba kuni Jo-Vilfrid Tsonga – David Goffen hamda Lyuka Puy – Stiv Darsis uchrashuvlari bilan g'olib nomiga oydinlik kiritiladi. Franciya yarim finalda Serbiyani, Belgiya esa Avstraliyani mag'lub etgan edi.
Havola :
Fikrlar