24 dek 13:41
Yangiliklar
Dzyuba - 2021 yilda OAVda eng ko'p tilga olingan rossiyalik sportchi. Xabib esa...
Birinchi o'rinni «Zenit» hujumchisi Artyom Dzyuba egalladi. U 105 834 ta xabarda tilga olingan. Ikkinchi o'rinni engil vazn toifasida sobiq UFC chempioni Xabib Nurmagomedov (63 807 ta tilga olingan), uchinchi o'rinni tennischi, US Open chempioni Daniil Medvedev (62 261) egalladi.
Kuchli beshlikka, shuningdek, xokkeychi Aleksandr Ovechkin (61 677) va tennischi Andrey Rublyov (45 455) kirdi.
Kuchli o'nlikka esa futbolchilar Aleksey Miranchuk (43 804 ta murojaat), Aleksandr Sobolev (42 542) va Aleksandr Golovin (41 783), chang'ichi Aleksandr Bolshunov (41 001) va Georgiy Jikiya (40 006) kirdi.
Bundan tashqari, ushbu ro'yxatdan «Fiorentina» futbolchisi Aleksandr Kokorin (11-o'rin), figurali uchuvchi Elizaveta Tuktamisheva (13), gimnastikachi Dina Averina (15), figurali uchuvchi Aleksandra Trusova (16), Alina Zagitova (20) va Evgeniya Medvedeva (24), xokkeychi Artyom Panarin (25) va Formula-1 piloti Nikita Mazepin (28) joy olgan.
OAV reytingi Rossiya ommaviy axborot vositalaridagi xabarlar soniga qarab tuziladi.
Fikrlar