01 mar 11:00
Yangiliklar
Dzyudo
Dzyudo. Ayollar jamoamiz ham Evropa Ochiq Kubogida qatnashadi
Dzyudo bo'yicha O'zbekiston ayollar terma jamoasi aynan xotin-qiz dzyudochilar o'rtasida o'tkaziladigan Evropa Ochiq Kubogida ishtirok etish uchun Polshaga yo'l oldi.
Poytaxt Varshava shahri mezbonlik qiluvchi ushbu nufuzli musobaqa 1-5 mart kunlari oralig'ida o'tkaziladi. Ushbu turnirda yurtimiz sport sharafini istedodli dzyudochilarimiz himoya qilishadi.
Terma jamoa tarkibidan Diyora Keldiyorova (48 kg) Sanobar Sultonova (57 kg), Xojiniso Kamoliddinova (63 kg) SHoxista Nazarova (70 kg)lar joy olishgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar