06 okt 09:10
Yangiliklar
Dzyudo
Dzyudo. Bugun Toshkentda Gran-pri turniri boshlanadi
Bugun poytaxtimizdagi muhtasham “O'zbekiston” sport majmuasida dzyudo bo'yicha Gran-Pri musobaqasi start oladi.
Sovrin jamg'armasi 100 000 dollarni tashkil etuvchi musobaqada dunyoning 27 ta davlatidan jami 183 nafar sportchi tatamiga chiqadi. Eng ko'p ishtirokchi terma jamoamiz tarkibida qayd etilgan bo'lib, 55 nafar dzyudochi bugundan medallar uchun bahslarga kirishadi.
Musobaqa reglamentiga ko'ra mezbon davlat har bir vazn toifasida to'rt nafar sportchi bilan qatnashishi mumkin. Aynan shu imkoniyat va vakolatdan O'zbekiston dyuzdo federaciyasi foydalandi.
Bugun erkaklar o'rtasida
-60 va -66 kg vazn toifalarida bahslar bo'lib o'tadi. Kunning ikkinchi yarmida esa
aynan mana shu vaznlarda g'olib hamda sovrindorlar nomi malum bo'ladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar