21 iyu 09:19
Yangiliklar
Dzyudo
Dzyudo. CHolpon-Otada Osiyo Kubogi start oldi
Qirg'izistonning CHolpon-Ota shahrida dzyudo bo'yicha o'smirlar va yoshlar o'rtasidagi Osiyo Kubogi boshlandi.
“Gazprom” sport majmuasida o'tayotgan Ochiq qita kubogida yurtimiz va mezbon sportchilardan tashqari Rossiya, Janubiy Koreya, Qozog'iston, Mo'g'uliston, Hindiston kabi 13ta davlatdan kelgan 370 nafar dzyudochi jami 32ta medallar jamlanmasi uchun kurash olib boradi.
O'zbekiston terma jamoasi ham Issiqko'ldagi ushbu musobaqada to'liq tarkibda ishtirok etyapti. Bugun va ertaga o'smirlar, 23-24 iyun kunlari esa yoshlar o'rtasidagi bahslar o'tkaziladi. Terma jamoamiz delegaciyasi tarkibidan hakamlar ham joy olgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar