11 apr 12:43
Yangiliklar
Dzyudo. Ertaga Osiyo Ochiq Kubogi boshlanadi, bugun matbuot anjumani
Sport ustasi Uchqun Murodov xotirasiga bag'ishlangan mazkur musobaqa O'zbekiston dzyudo federaciyasi tomonidan 1993 yildan beri muntazam ravishda o'tkazib kelinyapti.
Mana to'rt yildirki, turnir Xalqaro dzyudo federaciyasining yillik taqvim rejasi asosida tashkil etilmoqda. O'smirlar va yoshlar o'rtasida o'tkaziladigan bu yilgi Osiyo Ochiq Kubogida 11ta davlatdan 400 nafardan ziyod sportchilar tatamiga chiqishadi.
Ular 56ta medallar jamlanmasi uchun o'zaro bahslarga kirishishadi. Yurtimiz sport sharafini esa jami 200 nafar dzyudochi o'g'il-qizlarimiz himoya qilishadi.
Bu galgi musobaqaning ahamiyatli jihati shundaki, unda shu yili Argentinada o'tkaziladigan uchinchi Yoshlar Olimpiadasining muhim reyting ochkolari o'ynaladi. Bugun soat 17:00da musobaqagan bag'ishlangan matbuot anjumani bo'lib o'tadi.
Fikrlar