19 avg 09:11
Yangiliklar
Dzyudo. Evropa Ochiq kubogida 2ta oltin medal qo'lga kiritdik+FOTO
Kecha boshlangan nufuzli musobaqada 40ta davlatdan 430 nafar dzyudochilar tatamiga chiqishyapti. Ular orasida Behzod To'raboev boshchiligidagi O'zbekiston terma jamoasi azolari ham bor.
Quvonarlisi, musobaqaning birinchi kuni hamyurtlarimiz 2ta oltin medalni qo'lga kiritishdi. Jarohat sabab uzoq muddat musobaqalardan chetda bo'lgan SHarofiddin Lutfullaev qaytishini chiroyli g'alaba bilan nishonladi. U -60 kg vaznda barcha raqiblarini mag'lub etib, shoxsupaning eng yuqori pog'onasiga ko'tarildi.
Yana bir vakilimiz -73 kg vazn toifasidagi Hikmatillo To'raev ham oltin medal sohibiga aylandi. Har ikki dzyudochimiz 100 reyting ochkosini qo'lga kiritishdi. Reglamentga ko'ra, g'oliblar 100, kumush medal sohiblari 70, bronza medal egalari esa Tokio Olimpiadasi uchun qimmatli 50 reyting ochkosini o'z hisoblariga qo'shib qo'yishadi.
Bugun qolgan dzyudochilarimiz ham medallar yo'lida tatamiga chiqishadi. Kunning ikkinchi yarmida Evropa Ochiq kubogi o'z yakuniga etadi.
Fikrlar