So’nggi yangiliklar

16:06Жаҳон чемпиони Асланбек Шимбергенов боксдаги фаолиятини якунлади 0 15:26Ўзбекистон - Туркия ва бошқалар. Бутунжаҳон шахмат Олимпиадасининг 4-кунидан ОНЛАЙН НАТИЖАЛАР 0 15:15УЕФА ва КОНКАКАФ ФИФАдан ҳар бир федерацияга 10 млн доллардан тўлашни талаб қилди — L’Équipe 0 14:38Японияда ООК Ижроия қўмитасининг йиғилиши бўлиб ўтди 0 13:30Маҳмуд Мурадов олти нафар рақибга қарши жанг қилиб, қанча пул ишлаб олиши аниқ бўлди 0 12:16Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси. 3-турдан сўнг турнир жадвали қандай кўринишда? 0 11:30Бундеслиганинг барча даврлар рекорди янгиланди 0 10:15Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: йигитлар Туркия билан, қизлар эса Аргентинага қарши дона суришади 0 09:57Шаҳзодбек Ярашев Чеченистонда ўтказилган эркин кураш турнирида совриндор бўлди 0 08:45Баҳодир Жалолов 17 октябрь куни жанг қилади 0 07:52Хаби Алонсо АПЛнинг антирекордини такрорлади 0 22:25Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: Иккита терма жамоамиз мағлубиятларни қабул қилиб олди 0 18:30Александр Волкановски Рамазон Темировнинг вазнидаги чемпион ҳақида фикр билдирди 0 17:12"Райан Гарсия фақат фаолиятини тугатган жангчилар билан жанг қилмоқчи" - Теренс Кроуфорд 0 16:00"Тоттенхэм" Икардини эркин агент сифатида ўз сафига қўшиб олиши мумкин 0

01 fev 12:50
Yangiliklar

Dzyudo

Dzyudo. Islom Karimov xotirasiga bag'ishlangan turnir o'tkazildi

Teglar :  Islom KarimovDzyudo
Mustaqilligimiz asoschisi, buyuk siyosatchi, O'zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov tavalludining 80 yilligi munosabati bilan 30 yanvar kuni joylarda keng miqyosdagi turli tadbirlar bo'lib o'tdi.

SHu kuni xususan, Toshkent viloyati CHirchiq shahridagi “Haydar Maqsudov” nomli mahalla fuqarolar yig'ini hamda CHirchiq shahar hokimligining birinchi sektori hududida joylashgan 14-umumiy o'rta talim maktabida ham Birinchi Prezidentimizning yorqin xotirasi uchun sportning dzyudo turi bo'yicha turnir tashkil etildi. CHirchiq shahar hokimligi, “Adolat” SDP shahar kengashi, CHirchiq shahar jismoniy tarbiya va sport bo'limi, Xalq talimi bo'limi, Bolalar va o'smirlar sport maktabi, “Haydar Maqsudov” nomli mahalla fuqarolar yig'ini hamkorligidagi ushbu xotira turnirida ellik nafardan ortiq o'smirlar o'z mahoratlarini namoyish etishdi. Murosasiz o'tgan bahslar yakuniga ko'ra Umidjon Ernazarov (35 kg. 21-maktab), Amal Belyasov (50 kg., 24-maktab), Xurshid Boymatov (+60kg., CHirchiq tibbiyot kolleji) kabi sportchi-o'quvchilar faxrli birinchi o'rinni qo'lga kiritib, tashkilotchilar tomonidan medal, diplom va esdalik sovg'alariga ega bo'lishdi. Tadbirning ochilish va yopilish marosimida so'z olgan Jahongir Matkarimov (CHirchiq shahar hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va manaviy – marifiy ishlar bo'yicha o'rinbosari),  Ravshan Dastirov ( “Adolat” SDP CHirchiq shahar kengashi raisi),  Komil Normetov (CHirchiq shahar Xalq talimi bo'limi mudiri), Ulpash Sarsenova (CHirchiq shahar XTBga qarashli 14 –umumiy o'rta talim maktabi direktori) va boshqalar Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning yurtimizda tinchlik va barqarorlikni saqlash, xalqimizning mustaqil taraqqiyot yo'lini munosib himoya qilishdagi buyuk ishlari haqida etirof etishdi.

Ilhom RAHMONOV   



Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing