26 sen 09:07
Yangiliklar
Dzyudo. Jahon chempionatida hech bo'lmasa guruhdan chiqamizmi?
Sayyoramizning 131 mamlakatidan 800 nafarga yaqin sportchi ishtirok etayotgan yilning nufuzli musobaqasida o'zbekistonlik polvonlar ham o'z imkoniyatlarini sinovdan o'tkazishyapti. Lekin shu kungacha o'tkazilgan bahslarda hech bir dzyudochimizga xatto guruhdan chiqish ham nasib etmadi.
Kecha erkaklar -100, qizlar esa -78 kg vazn toifasida tatamiga chiqishdi. Muhammadkarim Xurramov ilk davrada senegallik Bae Diavarra, keyin kanadalik Kayl Reyesni mag'lub etdi. Uchinchi bosqichda esa misrlik Ramadan Darvishga yutqazdi.
SHerali Jo'raev esa birinchi uchrashuvidayoq estoniyalik Grigori Minaskinga imkoniyatni boy berdi. Nodira Yo'ldosheva polshalik Bita Pakutning sinovidan o'ta olmadi. Bugun erkaklar +100, ayollar esa +78 kg vazn toifasida tatamiga chiqishadi.
Fikrlar