27 sen 09:21
Yangiliklar
Dzyudo. Jahon chempionatidagi eng yaxshi natijamiz 5-o'rin bo'ldi
Sayyoramizning 124 mamlakati sportchilari qatorida o'zbekistonlik polvonlar ham jahon chempionati medallari hamda Tokio Olimpiadasining muhim reyting ochkolari uchun bahslashishdi.
Afsuski, Boku tatamilari hamyurtlarimiz uchun omadsiz keldi. O'tkazilgan bahslardagi eng yaxshi natijamiz 5-o'rin bo'ldi. Bu natijaga ham kecha erishdik. Eng og'ir +100 kg vazn toifasida tatamiga chiqqan Bekmurod Oltiboev guruh bosqichini muvaffaqiyatli yakunladi.
U ancha taniqli bo'lgan braziliyalik polvon Devid Moura, qozog'istonlik Erasil Kajibaev, tojikistonlik Temur Rahimovni mag'lub etib, yarim finalga yo'l oldi. Ammo, Bekmurod final ostonasida ozarbayjonlik Ushangi Kokauriga yutqazib qo'ydi. Bronza medali uchun kechgan bahsda esa yaponiyalik Xisayoshi Xarasavaga imkoniyatni boy berdi. Aynan Oltiboev jahon chempionatining guruh bosqichini muvaffaqiyatli yakunlagan yagona dzyudochimiz bo'ldi.
Fikrlar