22 sen 16:38
Yangiliklar
Dzyudo. Jahon chempionatidagi omadsiz yurish davom etadi, guruhdan ham chiqa olmayapmiz
Sayyoramizning 131 mamlakatidan 800 nafarga yaqin sportchi ishtirok etayotgan yilning nufuzli musobaqasida o'zbekistonlik polvonlar ham o'z imkoniyatlarini sinovdan o'tkazishyapti.
Afsuski, jahon chempionatining bugungi bahslari ham xuddi birinchi va ikkinchi kunda bo'lgani kabi o'ta omadsiz keldi. -73 kg vazn toifasida bir yo'la ikki dzyudochimiz tatamiga chiqdi. Hikmatulloh To'raev greciyalik Georgios Azoidisni mag'lub etdi. Lekin keyingi bellashuvida mo'g'ulistonlik Odbayar Ganbaatarga imkoniyatni boy berdi.
Bu vazndagi ikkinchi polvonimiz G'iyosjon Boboev esa ilk uchrashuvidayoq tojikistonlik Somon Mahmadbekovga yutqazib qo'ydi. -57 kg vazndagi qizimiz Amina Mamedova ilk bosqichda koreyalik YU Jeong Kvonga yo'lni bo'shatib berdi.
SHu kungacha Sardor Nurullaev, Gulnoza Ziyaeva, SHarofiddin Lutfullaev, Marjona Salohiddinovalar mag'lubiyatga uchrab, muxlislar qatoridan joy olishgan edi.
Fikrlar