22 sen 07:52
Yangiliklar
Dzyudo. Jahon chempionatining ikkinchi kuni ham omadsiz
Sayyoramizning 131 mamlakatidan 800 nafarga yaqin sportchi ishtirok etayotgan nufuzli musobaqada o'zbekistonlik polvonlar ham sovrinli o'rinlar uchun kurash olib borishyapti.
Afsuski, jahon chempionatining ikkinchi kungi bahslari ham xuddi birinchi kunda bo'lgani kabi o'ta omadsiz keldi. -66 kg vazn toifasida tatamiga chiqqan Sardor Nurullaev ikkinchi bosqichda isroillik Tal Flikkerga imkoniyatni boy berdi. -52 kg vazndagi Gulnoza Ziyaeva esa mo'g'ulistonlik Xorloodoy Bishreltga yutqazib qo'ydi.
Jahon chempionatining ilk kuni medallardan biriga davogar sifatida ko'rilgan SHarofiddin Lutfullaev (-60 kg) ikkinchi uchrashuvida qirg'izistonlik Otar Bestaevga, Marjona Salohiddinova (-48kg) esa mo'g'ulistonlik Urancegceg Munxbatga imkoniyatni boy bergan edi.
Fikrlar