21 sen 08:22
Yangiliklar
Dzyudo
Dzyudo. Jahon chempionatining ilk kuni omadsiz keldi
Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida dzyudo bo'yicha yilning eng nufuzli musobaqasi - jahon chempionati bo'lib o'tmoqda.
Sayyoramizning 131 mamlakatidan 800 nafarga yaqin sportchi ishtirok etayotgan nufuzli musobaqada o'zbekistonlik polvonlar ham sovrinli o'rinlar uchun kurash olib borishyapti.
Afsuski, jahon chempionatining ilk kuni dzyudochilarimiz uchun o'ta omadsiz keldi. Medallardan biriga davogar sifatida ko'rilgan SHarofiddin Lutfullaev (-60 kg) ikkinchi uchrashuvida qirg'izistonlik Otar Bestaevga imkoniyatni boy berdi.
Ayollar o'rtasidagi bahslarda tatamiga chiqqan Marjona Salohiddinova (-48kg) ham ikkinchi davrada mo'g'ulistonlik Urancegceg Munxbatga yutqazib qo'ydi. Bugun qolgan vazn toifasidagi dzyudochilarimiz o'z imkoniyatlarini sinovdan o'tkazishadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar