So’nggi yangiliklar

16:06Жаҳон чемпиони Асланбек Шимбергенов боксдаги фаолиятини якунлади 0 15:26Ўзбекистон - Туркия ва бошқалар. Бутунжаҳон шахмат Олимпиадасининг 4-кунидан ОНЛАЙН НАТИЖАЛАР 0 15:15УЕФА ва КОНКАКАФ ФИФАдан ҳар бир федерацияга 10 млн доллардан тўлашни талаб қилди — L’Équipe 0 14:38Японияда ООК Ижроия қўмитасининг йиғилиши бўлиб ўтди 0 13:30Маҳмуд Мурадов олти нафар рақибга қарши жанг қилиб, қанча пул ишлаб олиши аниқ бўлди 0 12:16Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси. 3-турдан сўнг турнир жадвали қандай кўринишда? 0 11:30Бундеслиганинг барча даврлар рекорди янгиланди 0 10:15Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: йигитлар Туркия билан, қизлар эса Аргентинага қарши дона суришади 0 09:57Шаҳзодбек Ярашев Чеченистонда ўтказилган эркин кураш турнирида совриндор бўлди 0 08:45Баҳодир Жалолов 17 октябрь куни жанг қилади 0 07:52Хаби Алонсо АПЛнинг антирекордини такрорлади 0 22:25Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: Иккита терма жамоамиз мағлубиятларни қабул қилиб олди 0 18:30Александр Волкановски Рамазон Темировнинг вазнидаги чемпион ҳақида фикр билдирди 0 17:12"Райан Гарсия фақат фаолиятини тугатган жангчилар билан жанг қилмоқчи" - Теренс Кроуфорд 0 16:00"Тоттенхэм" Икардини эркин агент сифатида ўз сафига қўшиб олиши мумкин 0

16 iyu 16:09
Yangiliklar

Dzyudo, Osiyo o'yinlari

Dzyudo. Jakarta va Buenos-Ayresga tayyorgarlik davom etmoqda

Osiyo dzyudo markazida O'zbekiston dzyudo terma jamoasi azolari Jakartada bo'lib o'tadigan Osiyo o'yinlari, shuningdek, Buenos-Ayres shahri mezbonlik qiladigan o'smirlar Olimpiya o'yinlariga jiddiy hozirlik ko'rishmoqda.

Tayyorgarlikning ayni bosqichida dzyudochilarimizning umumiy jismoniy tayyorgarliklariga katta etibor qaratilmoqda. Bu borada sportchilar rejaga binoan mashg'ulotlar olib borishmoqda. O'smirlar va yoshlar terma jamoamiz «Osiyo dzyudo markazi»da, kattalar esa «Yangiobod» o'quv bazasida yig'in o'tkazmoqda.

Nufuzli musobaqalar oldidan terma jamoa azolarining kayfiyati alo darajada. Reyting musobaqalarida ishtirok etayotgan yosh polvonlarimizda Buenos-Ayresdagi musobaqaga licenziya qo'lga kiritish uchun yaxshi imkoniyat yuzaga kelgan.

Qayd etib o'tish lozimki, u erda dzyudochilarimizning jismoniy-tibbiy holatiga ham alohida etibor qaratilmoqda. Terma jamoa shifokori sportchilarning organizmidagi o'zgarishlar, vazn bilan bog'liq masalalarga alohida yo'nalish bo'yicha ish olib borayapti. Avvallari faqat massajchi bilan ishlangan bo'lsa, endilikda bu masalaga ilmiy tomonlama, alohida etibor bilan yondoshilayotgani kishini xursand qildi. Bu jihat albatta muhim musobaqalar vaqtida o'z tasirini o'tkazishi aniq.

Terma jamoa murabbiylari sportchilarni tayyorlashda o'ziga xos usullardan foydalanishmoqda. Mashg'ulotlar kuniga ikki mahaldan o'tkazilmoqda. Ertalab sportchilar gilam ustida mashq bajarishsa, kechki mashg'ulotlarda asosan jismoniy holatni kuchaytirishga bag'ishlangan mashqlar olib borilmoqda.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing